insurez
21-04-2025 16:38

Kattaqoʻrgʻon shahrida joriy yilning 21-22 aprel kunlari “Xavfsiz oila” keng qamrovli maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Jumladan, shahar hududidagi barcha 36 ta mahalla hududida yashayotgan oilalar bilan manzilli tezkor profilaktik chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Tadbirlarda Kattaqoʻrgʻon shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi, viloyat IIB xotin qizlar masalalari boʻyicha boshliq oʻrinbosari hamda shahar-tuman IIB JXX HPB XQMB inspektorlari, Kattaqoʻrgʻon shahrida faoliyat olib borayotgan jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’ekt tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -