Kattaqoʻrgʻon shahrida "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi
Shahar hokimligida "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova va sektor rahbarlari ichki ishlar xodimlari hamda faxriylarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, yurt tinchligini, qonunlar ustuvorligini ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishdek mashaqqatli, shu bilan birga sharafli xizmat faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.
Tizimda samarali xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.