Kattaqo'rg'on shahrida harbiy-Vatanparvarlik festivali o'tkazildi
Bugun shahar Istirohat bog’ida shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakili hamda mutasaddi tashkilotlar va harbiy qism bilan hamkorlikda yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy Vatanparvarlik festivali o'tkazildi.
Festivalda harbiy orkestr, faxriy qorovul hamda qo'l jangi ustalarining ko’rgazmali chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. Shuningdek festival doirasida yoshlarga harbiy texnika va qurol aslahalar ko'rgazmasi ham namoyish etildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.