insurez
31-05-2024 10:16

Kattaqo’rg’on shahrida "DXX RAISI KUBOGI" MUSOBAQASINING shahar BOSQICHI YAKUNLANDI


Shahrimizdagi mahalla yoshlari o‘rtasida sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha “Davlat havfsizlik xizmati raisi kubogi” musobaqalarining shahar bosqichi yakuniga yetdi.

O‘tkazilgan DXX raisi kubogi bahslarida shahardagi barcha mahalla jamoalari ishtirok etishdi. Final  o‘yinida oldingi bosqichlarda muvaffaqiyat qozongan Amir Temur va Noqis mahallalaridagi yoshlardan iborat jamoalar to‘p surdilar.

⛳️Murosasiz bahsda 4-sektor hududidagi Amir Temur mahallasining yoshlari g‘alaba qozonishdi va shahar chempioni sifatida musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. 

⚽️ Sportning “Mini futbol” va futbol turi bo‘yicha esa “O’rikzor” mahallasi  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🏆Musobaqa yakunida shahar hokimi, sektor rahbarlari hamda DXX  bo‘limi boshlig‘i g‘olib va sovrindorlarga medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -