insurez
23-04-2024 14:11

KATTAQOʻRGʻON SHAHRIDA DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI QAY DARAJADA?


Oliy Majlis Senatining “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamorlikni yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Unga koʻra mahalliy kengash deputatlarining hududdagi mahallalarga biriktirilishi va har chorakda hamkorlikdagi ishlarni mahalliy kengash sessiyasida  muhokama qilishlari koʻzda tutilgan.

Bugun Oliy Majlis Senati aʼzolari bu borada Kattaqoʻrgʻon shahrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Dastlab, Senat aʼzolari shahar hokimligida boʻldilar. Hokimlik vakillari hamda mahallalarga biriktirilgan deputatlar bilan mahalliy kengash deputatlari va mahalla yettiligi bilan hamkorlikning qay darajada tashkil etilganligi yuzasidan suhbatlashdilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -