Kattaqo‘rg‘on shahrida demografiya va mehnat bozori
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning 1-oktabr holatiga Kattaqo‘rg‘on shahri doimiy aholi soni 95,6 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 0,7 ming kishiga yoki 0,7 foizga ko‘paydi.
Shuningdek, 2024-yilning 1-oktabr holatiga Kattaqo‘rg‘on shahrida 50,1 foiz ayollar va 49,9 foiz erkaklar tashkil etgan. Demak, Kattaqo‘rg‘on shahrida erkaklar soni ayollar soniga nisbatan kam ekanligini kuzatishimiz mumkin.
Tug‘ilish darajasi. 2024-yilning yanvar-sentabr holatiga Kattaqo‘rg‘on shaharda tug‘ilganlar soni 1 409 tani tashkil qildi va 2023-yilning shu davriga (1 649 kishi) nisbatan 240 taga kamaydi. Tug‘ilish koeffitsienti mos ravishda 19,8 promilleni tashkil qildi va 2023-yilning shu davriga (23,5 promille) nisbatan 3,7 promillega kamaydi.
Nikohlar va ajralishlar. 2024-yilning yanvar-sentabr FHDYO organlari tomonidan 456 ta nikohlar va 113 ta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 6,4 promillega nikoh (2023-yilning tegishli davrida 6,5 promille) va 0,1 promillega ajralishlar (2023-yilning tegishli davrida 0,1 promille) to‘g‘ri keladi.
Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 380 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 708 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 328 kishiga (2023-yilning shu davrida minus 4 kishi) teng bo‘ldi.
M.Muminov,
Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i