Kattaqoʻrgʻon shahrida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
1 sentyabr — Bilimlar kuni va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini munosib o‘tkazish maqsadida xizmat oldi yo‘riqnoma va yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda shahar hokimligi mas’ullari, DXX xodimlari, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda masʼul rahbarlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor ta’lim muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun munosib bayramona muhit yaratish masalasiga qaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash hamda ehtimoliy favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Ta’kidlanishicha, barcha mas’ul tuzilmalar “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini yuqori saviyada va tartibli tashkil etish maqsadida o‘zaro hamkorlikda ish olib boradilar.