insurez
02-09-2025 08:29

Kattaqo‘rg‘on shahrida bilimlar kuni tadbirlari o‘tkazildi


Bugun Respublikamiz singari Kattaqo‘rg‘on shahrida ham barcha maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar 14 IDUM da o'tkazilgan tantanali tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, harbiylar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar ishtirok etdilar. Tadbirni maktab direktori Umida Sharipova ochib berdi va o‘tgan o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar xususida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng shahar hokimi Gavhar Alimova maktab jamoasi hamda o‘quvchi-yoshlarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi hamda ularni yuksak bilim egalari bo‘lib voyaga yetishlari va yurtimiz, shahrimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga tilak bildirdi.
O‘quvchilarning chiqishlari tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Tadbir yakunida o‘quvchilar uchun qadrdon bo‘lgan birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi va o‘quvchilar o‘z sinflariga chorladi.

Teglar
- -