Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda
Aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida bugun shahar “Do‘stlik” mahallasida aholi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Mazkur tibbiy ko‘rik doirasida turli mutaxassislar ishtirokida aholining salomatligini kompleks tekshirish, kasalliklarning erta aniqlanishi va oldini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, nafas olish yo‘llari kasalliklari va boshqa ko‘p tarqalgan xastaliklarga alohida e’tibor qaratdilar.
Tibbiy ko‘rik jarayonida aholining tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va zararli odatlarni tark etish haqida tavsiyalar berildi.