Kattaqo‘rg‘on shahrida 4 tajriba bo‘yicha 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi belgilangan rejalar
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yaratib berilgan 4 ta tajriba, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, G‘ijduvon tajribalari asosida Kattaqo’rg’on shahrida yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholi daromadlarini oshirish, mahallalarda drayver loyihalarini ishlab chiqib hududni rivojlantirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan:
“Sayxunobod tajribasi” asosida 2024 yilda 36 ta mahalla fuqoralar yig‘inlarida kambag‘al, daromadsiz mehnat bilan shug‘ullanishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 1080 ta xonadonlar tanlab olinib, xonadonlarning mehnat layoqatiga mos ravishda tikuvchilik, hunarmandchilik, qandolatchilik, qurilish-ta’mirlash, mebelchilik, asalarichilik, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarda faoliyatini yo‘lga qo‘yilib, jami 1080 ta mikroloyihalar ishga tushirildi va 1632 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2025 yilda, “Sayxunobod tajribasi” asosida 36 ta mahalla fuqoralar yig‘inlarida mahalla hokim yordamchilari va biriktirilgan bank hodimlari bilan birgalikda 1440 ta mikroloyiha reja qilingan. Bu orqali 2000 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi belgilangan.
2024 yilda “Uychi tajribasi” asosida shahar hokimligi hamda tijorat banklari tadbirkorlar bilan 44 marta uchrashuvlar o‘tkazildi.
2025 yilda, 720 ta faol mijozlari bilan 144 ta uchrashuvlar o‘tkazish reja qilingan. Faol mijozlar bilan uchrashuv natijasida masalalarini hal qilish orqali 2943 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilish belgilab olingan.
2024 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida “Zarbdor tajribasi” asosida 8 ta loyihalar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etildi. Bunda, 7 ta sanoat va 1 ta xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida 531 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Mazkur loyihalarni ishga tushirilishida 211,9 mlrd.so‘m miqdorida investitsiyalar jalb etildi.
2025 yilda, “Zarbdor tajribasi” asosida qiymati 177,2 mlrd.so‘m
(151,6 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 2,0 mln.doll xorijiy investitsiya) bo‘lgan
5 ta loyiha (2 ta sanoat, 3 ta xizmat ko‘rsatish)lar taklifi berilgan. Ushbu loyihalarni ishga tushirilishi natijasida 370 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
2024 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida “G‘ijduvon tajribasi” asosida 5 ta loyihalar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etildi. Mazkur loyihalarni ishga tushirilishida 47,6 mlrd.so‘m (47,0 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 0,6 mlrd.so‘m bank krediti)miqdorda investitsiyalar jalb etilib, 160 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2025 yilda, “G‘ijduvon tajribasi” asosida qiymati 1,8 mlrd.so‘m
(1,4 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 0,4 mlrd.so‘m bank krediti) bo‘lgan
5 ta sanoat yo‘nalishida loyihalar taklifi berilgan. Ushbu loyihalarni ishga tushirilishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.