insurez
02-09-2025 17:40

Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025 yil 2-mavsumi natijalari


“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025 yil uchun shahar byudjet parametrida ko‘zda tutilgan 5 foiz mablag‘lar doirasida ya’ni 23 mlrd 164 mln 939 ming so‘m rejalashtirilgan. Shundan, rejalashtirilgan mablag‘ning
 2-mavsum uchun ajiratilgan qismi ya’ni, 11 mlrd 581 mln 939 ming so‘m, 2 chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 30 foiz miqdorida ya’ni, 807 mln so‘m, jami bo‘lib 12 mlrd 388 mln 939 ming so‘m mablag‘lar jamg‘armaga yo‘naltirilgan.Tashabbusli byudjet jamg‘armasida 886 mln 881 ming so‘m qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lgan va 461 mln 180 ming so‘m 1 mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalardan iqtisod qilingan mablag‘lar jamg‘armaga qaytarilgan. Natijada tashabbusli byudjet jarayonining 
2-mavsumida jami mablag‘lar 13 mlrd 737 mln so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2025 yilning iyul-avgust oylarida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonida Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 45 ta loyihalar ilgari surilib, 35 ta loyihalar ishchi guruhi tomonidan saralab olingan. 
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra 12 ta takliflar g‘olib deb topildi. 
Jumladan: 
1.Kattaqo‘rg‘on shahar Islom Shoir nomli mahalla xududidagi Bobur, A.Qodiriy, Yoshlik, Chulpon, Bahor o‘tar, Furqat o‘tar, Islom Shoir o‘tar ko‘chalarini 3000 metr yo‘lni asfaltlashtirish. uchun 1140 ta ovoz bilan:
2. Kattaqo‘rg‘on shahar Usmon Nosir nomli mahalla binosi yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli mahalla binosini buzib qayta qurish hamda bino ichiga kutubxona va ayollar uchun fitnes zal qurish uchun 887 ta ovoz bilan:
3.Tarbiyalanuvchi yoshlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maksadida yozgi ayvonchalarni yangilash, tashkilot hududini obodonlashtirish, yo‘laklarni ta’mirlash, tashqi hojaatxona binosini ta’mirlash, tashkilot binosini old kismini o‘rash hamda muassasa atrofini zamonaviy tipda o‘rash ishlarini amalga oshirish uchun 819 ta ovoz bilan: 
4. Shahar mikroklimatini yaxshilash maqsadida mahalla hududidan o‘tuvchi chiqish kanalidan tomorqalarni sug‘orish va shaharni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli bo‘lgan nasos qurilmalarini yangilash va 5,0 km tarmoq tortish uchun 744 ta ovoz bilan: 
5. Abdulla Qahhor ko‘chasi hududidan usti yopiq tipdagi, yosh avlod va o‘rta avlod vakillariga mo‘ljallangan zamonaviy mini futbol stadioni qurish uchun 722 ta ovoz bilan; 
6.Kattaqo‘rg‘on shahar 1-umumuta’lim maktabining faollar zali va oshxona binosini qurish uchun 680 ta ovoz bilan: 
7. Kattaqo‘rg‘on shaxar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi moddiy-texnika bazasini rivojlantirish  uchun 675 ta ovoz bilan:
8. Ko‘zi ojiz fuqorolarga tegishli uylar oldida (sobiq avtomaktab) ayvon, hojatxona, bolalar maydonchasi va vorkaut maydoni qurish hamda atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.uchun 666 ta ovoz bilan:
9. Kattaqo‘rg‘on shahar Go‘zalkent mahallasida quyosh panelli tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish. uchun 523 ta ovoz bilan:
10. Kattaqo‘rg‘on shahar “Damariq” mahallasidagi Tegirmonboshi 3 o‘tar, Baxt, Damariq va Bozorboshi ko‘chalarini asfaltlashtirish uchun  210 ta ovoz bilan:
11. Kattaqo‘rg‘on shahar “Qo‘shhovuz” mahallasi A.Navoiy ko‘chasida aholi uchun salomatlik yo‘lagi va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 129 ta ovoz bilan:
12.Talabalar turar joyi hududining atrofiga panjara o‘rnatish va ichki yo‘lakchalarni tamirlash. uchun 129 ta ovoz bilan loyihalar g‘olib deb topildi.
Natijada jami 12 ta loyihaning umumiy qiymati  13 mlrd 505 mln 712 500 so‘mni tashkil qildi.


O.Kadirov,
Kattaqo‘rg‘on shahar Iqtisodiyot va
moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

Teglar
- -