Kattaqo’rg’on shahardagi 36 ta mahallaga Prezident sovg‘alari topshirildi
Bugun mahalla yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkaziladigan musobaqalar uchun mahalla yoshlar yetakchilariga sport anjomlaridan iborat "Prezident sovg‘alari"ni topshirish marosimi o‘tkazildi.
Sovg‘alarni Kattaqo’rg’on shahar hokimi Gavhar Alimova topshirdi hamda musobaqalarning bu yilgi mavsumida ham mahallalarimizdan haqiqiy iqtidor egalari kashf etilishini ta‘kidladi.
Shundan so‘ng, 36 ta mahalla yetakchilariga jami 72 dona futbol to‘plari, 72 dona voleybol to‘plari, 72 dona basketbol to‘plari hamda 36 ta gandbol to'plari berildi.
Bu yilgi mavsum o‘yinlarida ham barcha yoshlarimizga omadlar tilaymiz!
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.