insurez
03-12-2025 10:19

Kattaqo'rg'on shaharda “Men-donorman” xayriya qon quyish aksiyasi o'tkazildi.


Bugun Kattaqo'r'gon shahridagi Tibbiyot birlashmasi binosida barcha mahalla yoshlar yetakchilari, ko’ngilli yoshlar va qon topshirish imkoniyatiga ega bo’lgan fuqarolar ishtirokida “Men - donorman” xayriya qon topshirish aksiyasi bo’lib o'tdi. Unda shahar hokimi o'rinbosari J.G'aniyev ham ishtirok etdi.

Yig’ilgan qonlar ijtimoiy himoyaga muhtoj bemor oila farzandlariga bepul beriladi.

Tabiiyki sizda - “Bu sog‘ligim uchun havfli emasmi?” degan savol tug‘dirishi mumkin. Havotir olmang, qon berishdan oldin bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tasiz va sizga mumkin bo‘lgan taqdirdagina donorlikka qabul qilinasiz!

Teglar
- -