Kattaqo’rg’on shahar tadbirkorlarining muammo va takliflari o‘rganildi
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan Savdo-sanoat palatasi shahar bo‘limi va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o’tkazildi. Unda tadbirkorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
Bildirilgan murojaatlarning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit ajratilishi, soliq qarzdorligi bo‘yicha hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun debitor qarzdorlikni undirish kabi masalalardan iborat bo‘ldi.
O’tkazilgan qabul davomida tadbirkorlarning ayrim masalalari joyida ijobiy hal etildi hamda qolganlarining ijrosi nazoratga olinib, mutasaddi tashkilot rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.