Kattaqo'rg'on shahar prokurori Ismoil Nuriddinovning shaharda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish yuzasidan aholiga yo‘llagan murojaati.
Assalomu alaykum, hurmatli shahrimiz ahli va mehmonlari!
Barchangizga ma’lumki, Prezidentimiz rahbarligida mamalakatimizda barcha sohalarda ulkan va izchil isloxotlar amalga oshirilmoqda.
Bu islohotlarning tub mohiyati avvalo inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, halqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Islohotlarning natijadorligini odamlarning tinch va osuda hayot kechirishini ta’minlashda huquq tartibot idoralarining zimmasida katta mas’uliyat borligini ham chuqur his qilamiz.
Shunga ko‘ra, Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha qabul qilingan PQ-1-sonli va PQ-111-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, fuqarolarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolini oldini olish maqsadida shahrimizdagi kriminogen vaziyat yuzasidan mazkur murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Joriy yilning 10 oyi davomida shahar hududida
189 ta jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yildi.
Mazkur jinoyatlarning 92 tasi profilatika qilinsa oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil etadi.
Ushbu turdagi jinoyatlarning 11 tasi o‘rtacha og‘irlikdagi va yengil tan jarohat yetkazish, 20 tasi firibgarlik, 1 tasi transport vositasini olib qochish, 22 tasi o‘g‘irlik, 3 tasi oilaviy zo‘ravonlik, 4 tasi bezorilik, 15 tasi YTX
(1 ta o‘lim bilan bog‘liq), kabi jinoyatlarni tashkil etadi.
Eng ko‘p jinoyatlar “G‘aribmachit”, “Qoriravot”, “Zarifobod”, mahallalarining hududida sodir etilgan bo‘lib, ushbu mahalallar qizil toifaga tushishiga sabab bo‘lgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida o‘g‘irlik jinoyatlar ko‘payganligi kuzatilmoqda va oqibatda jazoga tortilgan shaxslar nafaqat erkinligidan mahrum bo‘lmoqda, balki kelajak hayotida, oilasida va mehnat faoliyatida ham jiddiy salbiy oqibatlarga duch kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Tahlillar esa ushbu jinoyatlarning aksariyati fuqarolarning o‘z mulkiga nisbatan loqaydligi yoki e’tiborsizligi oqibatida sodir bo‘layotganligini ko‘rsatmoqda.
Shu sababli ushbu holaatga tushib qolmaslik uchun barcha ehtiyot choralarini ko‘rishigizni yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman.
Aziz fuqarolar!
Sizning mol-mulkingiz, mehnatingiz samarasi va oilangiz uchun iqtisodiy manbadir. Uni himoya qilish — sizning huquqingiz bilan birga mas’uliyatingiz hamdir.
Prokuratura, Ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ammo jinoyatni sodir bo‘lishidan oldin oldini olish – eng samarali yo‘ldir.
Jinoyat sodir bo‘lgach, kech bo‘ladi.
Bugun hushyorlik ko‘rsatsangiz, ertangi kun xavfsiz bo‘ladi.
Zero, qonun ustuvorligi fuqarolar erkinligi kafolatidir!
E’tiboringiz uchun rahmat!




