insurez
27-05-2024 11:40

JINOYAT JAZOSIZ QOLMAYDI


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Mahallalar markazi binosida shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Shuxrat Do'sanov ishtirokida xotin-qizlar jinoyatchiligi bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda tegishli mutasaddilar, xotin-qizlar faollari, G‘arb machit mahalla yettiligi, IIB xodimlari, aholi vakillari ishtirok etishdi. Muhokama davomida bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarga berilayotgan e’tiborga  qaramay, ayrim xotin-qizlar tomonidan shunday imkoniyatlardan foydalanish o‘rniga ehtiyotsizlik oqibatida yoki qonunlarga rioya qilmasdan, qasddan jinoyat sodir etish holatlari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda har bir fuqaro milliy qadriyatlar va an'analarni hurmat qilish lozimligi shuningdek, biror bir jinoiy harakat jazosiz qolmasligi, qonunni bilmaslik jazodan ozod etmasligi ta’kidlandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -