Kattaqo‘rg‘on shahar mahalla “Yettilik” aʼzolari mahalla kengashi oldida hisobot berishmoqda.
Xususan, bugun shahrimizdagi “Chinobod” mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldidagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur hisobot yig‘ilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, “Chinobod” mahallasi kengashi aʼzolari va tegishli masʼullar ishtirok etishdi.
Yettilik aʼzolari o‘z hisobotlarida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jinoyatchilik profilaktikasi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirish, soliq tushumlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilgan ishlari yuzasidan maʼlumot berishdi.
Shuningdek Shahar hokimi ushbu mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan o‘quv markazi binosida olib borilayotgan qurilish-ta‘mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi hamda mahalla qoshida tashkil etilgan tikuv sexidagi xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi.