Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Yorqin Karimovning shahardagi kriminogen vaziyat bo‘yicha profilaktik ogohlantiruvchi murojaati
Assalomu alaykum, shahrimiz fuqarolari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari !
Bugun sizlarga Muhtaram Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muhim Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida shahrimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha har oy yakuni bilan “profilaktik ogohlantiruv murojaatim”ni yo‘llamoqdaman.
Shu maqsadda, shahrimizda jinoyatlarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki sodir etilish sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha doimiy ravishda targ‘ibot choralari ko‘rilmoqda.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadi bu albatta “profilaktik-ogohlantiruv murojaatim”ning sizlarga yetkazilishi va shahrimiz aholisiga kriminogen vaziyatdan ogoh qilish va fuqarolarni jinoyatlardan jabrlanib qolishini tushuntirishdan iborat.
Shunday ekan, xalqimizning farovon, tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, avvalo inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va turmush farovonligini oshirish barcha Ichki ishlar xodimlarining oliy maqsadidir.
Shu sababli noyabr oyida kriminogen vaziyat bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tmoqchiman.
Joriy yil 11 oy davomida jami 220 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, shundan 113 tasi (51,4 foizi) tashabbus orqali aniqlanadigan jinoyatlar, 105 tasi (47,6 foizi) oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar va 2 tasi (1 foizi) axborot texnologiyalar orqali sodir etilgan jinoyatlardan iborat.
Bundan ko‘rinib turibdiki, boshqa tegishli tashkilotlar bilan profilaktik chora-tadbirlar yetarlicha olib borilishi natijasida shaxrimiz hududida oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlardan qotillik, talonchilik, nomusga tegish va bosqinchilik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Shuningdek, mahallalalarda oldi olinishi lozim bo‘lgan - o‘g‘irlik jinoyati 26 ta sodir etilgan.
Shunday ekan mahallalarda profilaktik tadbirlar olib borilishi natijasida 30 ta mahallalarning 50 foizida 15 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Shuningdek noyabr oyida 30 ta mahallalarnig 2 tasi ya’ni, (6,7 foizida) G‘arb machit va Qoriravot mahallalarida oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar yuqori bo‘lganligi sababli qizil toifaga tushib qoldi.
Noyabr oyida xodimlar tomonidan aniqlanadigan jinoyatlar 46,8 foizga yaxshilandi.
7 ta giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlandi. Shulardan 5 ta tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 5 nafar kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va giyohvand moddalari bilan shug‘ulanuvchi shaxslarga nisbatan qamoq jazosi berildi.
Olib borilgan tezkor-tadbirlar natijasida 7 ta jinoiy holat aniqlanib, 470,4 grammga yaqin giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.
Jinoyat sodir etib qochib yurgan va hozirda ayblangan 4 nafar shaxslar ushlandi hamda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi.
Bugungi kunda viloyat hududida fuqarolar tomonidan o‘tkir tig‘li jismlar bilan bog‘liq jinoyatlar kundan-kunga ko‘payib borayotganligi sababli shahar hududida bu kabi jinoyatlar sodir etilishini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir olib borilib, birgina noyabr oyining o‘zida 43 nafar fuqarolardan o‘tkir tig‘li jisimlar daliliy ashyo sifatida olindi.
Buning natijasida o‘tkir tig‘li jism bilan bog‘liq og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi va buning oldini olish bo‘yicha kechayu-kunduz aholi gavjum jamoat joylarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan iborat patrullik guruxlar tomonidan targ‘ibotlar olib borilmoqda.
Shahar hududida jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish bo‘yicha noyabr oyida jami 752 ta ma’muriy huqubuzarlar aniqlanib, shulardan 36 tasiga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 73 nafari xushyorxonaga joylashtirildi, 27 nafari majburiy davolanishga yotqizildi, 3 nafar ruxiy kasallar davolanishga yotqizildi, 1 nafar voyaga yetmaganlar qarovsiz yurganligi sababli markazga joylashtirildi va qolgan 228 nafariga nisbatan boshqa tegishli moddalar bilan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Xonadonlar va boshqa hususiy obektlarda o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida noyabr oyi davomida 54 ga yaqin kameralar o‘rnatildi. Shulardan xonadonlar 7 ta, ko‘p qavatli uylar 8 ta, jamoat joylariga 14 ta, 11 ta maktablarga, 14 ta mahallalarga kameralar o‘rnatilib, jinoyatlar sodir etilishi oldi olinmoqda. Noyabr oyi davomida 4 ta o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilib, 3 tasi (75 foizi) fuqarolarimiz tomonidan o‘z mulkiga bo‘lgan e’tiborsizligi natijasida sodir etilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Shunday ekan shahrimiz aholisiga o‘zingiz va o‘z uyingizni asrash uchun sizlarga qo‘riqlash pultlariga ulanishingizni tavsiya qilaman.
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda ayrim muammoli masalalar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.
Oila-turmush, ajrim yoqasidagi oilalalar, yaqin qarindoshlar va qo‘ni-qo‘shnilar orasida kelib chiqayotgan kelishmoqchiliklar kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bu kabi kelishmovchiliklarni oldini olish maqsadida mahallalarimizda yarashtiruv institutlarini jadal faoliyat olib borishi va mahalla yettiligi bilan hamkorliklarni kuchaytirishimiz lozim.
Aziz shahrimiz fuqarolari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari barchamiz yakdillik bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashsak albatta, shahrimizni jinoyatdan holi hududga aylantiramiz.
Bu ishlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.
Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.
O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik!




