KATTAQO'RG'ON SHAHAR HOKIMI ALIMOVA GAVHAR ZAYIROVNANING 8 DEKABR -O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 33 YILLIGI MUNOSABATI BILAN KATTAQO'RG'ON SHAHAR AHOLISIGA BAYRAM TABRIGI
Aziz kattaqo‘rg‘onliklar, hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, demokratik huquqiydavlat barpo etish yo‘lidagi saʼy-harakatlarimizning mustahkam poydevoridir. Qolaversa, milliy tariximizda birinchi marta umumxalq referendumida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi tom maʼnodagi tarixiy voqea bo‘ldi.
Yangi Konstitutsiyamizda moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Yaʼni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb belgilandi.
Davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitutsiyadagi normalar 3 barobargako‘paytirildi. Har kimning uy-joylibo‘lish huquqi belgilandi. Hech kim sudningqarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligikafolatlandi. Aholi salomatligini asrashbilan bog‘liq normalar 4 barobarko‘paytirildi. Taʼlim va ilm-fanga oidnormalar qariyb 2 barobarga oshdi.
Nogironligi bor bolajonlarimizga o‘z tengdoshlari bilan bir xil taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilib, bunday imkoniyatlar inklyuziv taʼlim sifatida Konstitutsiyaga kiritildi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratishi konstitutsiyaviy mustahkamlandi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yoshlar masalalariga ham eʼtibor berilib, bu borada alohida bob kiritildi va davlat – yoshlar huquqlarining himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirishni kafolatladi.
Inson huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy maqsadi etib belgilandi va bu boradagi normalar 3 baravardan ortiqqa oshirildi.
Parlament palatalarining vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, ular sezilarli darajada kengaydi. Xususan, Qonunchilikpalatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa, 14 tadan 18 taga ko‘paydi.
Azizlar!
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, Bosh Qomusimizda aholini kuchli ijtimoiy himoyaga asoslangan prinsip va normalar o‘z ifodasini topgan. Shunga ko‘ra shahrimizda ham Konstitutsiyada belgilangan kuchli ijtimoiy himoyani taʼminlash borasida fuqarolar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinib, alohida eʼtibor qaratilgan.
Keyingi yillarda shahrimizda ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Xususan, mavjud 30 ta mahallada xotin-qizlar bandligini
oshirish va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil qilindi.
Aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Tibbiyot birlashmasi so‘nggi rusumdagi tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi.
Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida o‘tgan davr mobaynida:
- 144 km ichki yo‘llar asfaltlashtirildi.
-37 ta ko‘p qavatli uylar mukammal taʼmirlandi.
-aholini va yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida 15 ta jami 894 xonadonli ko‘p qavatli uylar barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
-barcha mahallalarda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida amaliy ishlar olib borilib, 20 dan ortiq mahallalar uchun yangi binolar barpo etildi.
Konstitutsiyamizda taʼlim-tarbiya masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shuni taʼkidlash joizki yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ilk bor o‘qituvchi maqomi alohida belgilanib, taʼlim tizimini rivojlantirish davlatning bosh vazifalari qatoriga kiritildi. Chunki, jamiyat hayotida o‘qituvchining o‘rni va taʼsiri oshsa – maktabning obro‘yi oshadi, ilm-fan, taʼlim va tarbiya sohasining qadri ko‘tariladi. Muallimning obro‘-eʼtibori esa bu millatning, butun xalqning obro‘-eʼtiboridir.
Jumladan Konstitutsiyaning 52 moddasida: O‘zekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida eʼtirof etilishi, davlat o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi taʼkidlandi.
Shahrimizda ham taʼlim-tarbiya borasidagi islohotlarni hayotga keng targ‘ib qilish yo‘lida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. 8 taumumtaʼlim maktablari, 7 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mukammal taʼmirlanib, yangi 9 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etildi. 25 tamaktabgacha taʼlim tashkilotlari mukammal taʼmirlandi va rekonstruksiya qilindi.
Kattaqo‘rg‘on shahrida bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika instituti sifatida faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasasida 3000 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda.
Albatta, shahrimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar aholining Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini taʼminlash, huquqiy demokratik jamiyat barpo etish yo‘lidagi ishlarni hayotga keng tadbiq etishga muhim omil bo‘lishiga ishonamiz.
Aziz kattaqo‘rg‘onliklar!
Sizlarga yana bir bor, Bosh Qomusimiz–O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yillik bayrami muborak bo‘lsin deyman. Barchangizga sihat-salomatlik, saodatli uzoq umr, xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti yo‘lidagi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.




