Kattaqo'rg'on shahar fuqarolari uchun kouching bo‘lib o‘tdi
Kattaqo'rg'on shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Inson – insonga ko'makchi!” shiori ostida navbatdagi kouching tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yig‘ilgan fuqarolarga "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Interaktiv o‘yinlar, trening va o‘zaro savol-javoblarni o‘zida jamlagan uchrashuvda ijtimoiy himoya ko‘lamini kengaytirish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda aholi uchun qulayliklarni oshirish borasidagi xizmat va yangiliklar qatnashchilarga to'shuntirildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglandi. Tadbirda faol ishtirok etgan fuqarolar faxriy yorliq va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Kattaqo'rg'on shahar "Inson"
ijtimoiy xizmatlar markazi