insurez
11-07-2024 14:18

Kattaqo'rgon shahar drama teatri tashabbusi


Kattaqo'rgon shahar drama teatri tashabbusi bilan mustaqil Turkiy tilli davlatlar orasida birinchi marotaba O‘zbekiston,  Ozarbayjon, Turkmaniston, Turkiya, Qozoqiston va Qirg‘iziston Respublikalaridan taklif etilgan ijodkorlar ishtirokida "Buyuk Turon-1" deb nomlangan tarixiy asar davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilishi belgilangan bo‘lib, kuni-kecha O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mutassadilari va badiiy kengash a’zolariga uning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Asarda "Turon" davlati barpo etilishi va Turon davlati tarixida bo‘lib o‘tgan jangu jadallar aks ettiriladi. Ushbu asarni sahnalashtirishda O‘zbek milliy akademik drama teatri bosh rejissori Asqar Xolmo‘minov hamda turkiy tilli davlatlardan taklif etiladigan ijodkorlar o‘z yurtlarining mutaxassislari, san’at arboblari, xalq rassomlaridan iborat ijodiy guruh ish olib borishadi.

"Buyuk Turon-1" spektakli premyerasi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yiligi arafasida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari ushbu asarni keng ommaga namoyish etish maqsadida, Madaniyat vazirligi hamda Turksoy xalqaro tashkiloti hamkorligida barcha turkiy tilli davlatlarga gastrol safari uyushtirilishi belgilangan.

Teglar
- -