Kattaqo‘rg‘on qizi grant sohibi bo‘ldi
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashi 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi natijalarini e’lon qildi. Quvonarlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2018 yilda tashkil etilgan mazkur tanlovda munosib qatnashgan va yuqori ballar to‘plagan iqtidorli yoshlar orasida kattaqo‘rg‘onlik Sevara Po‘latova ham bor.
Shahrimizdagi 3-maktab o‘quvchisi, Samarqand shahar Prezident maktabi bitiruvchisi hozirgi kunda "Yangi O‘zbekiston" Universiteti talabasi bo‘lgan Sevara tanlovning bakalavriyat Davlat va jamiyat boshqaruvi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida 87 ball to‘plab “Jamg‘arma stipendianti” deya e’tirof etildi.
Kattaqo‘rg‘on shahriga ushbu tanlov bo‘yicha ilk yutuqni olib kelgan hamshahrimiz Sevara Po‘latovani hamda uning ustozlarini muborakbod etamiz va kelgusidagi o‘qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.