KATTAQO‘RG‘ON INSTITUTI TAQDIMOTI, DIPLOM TOPSHIRISH
“Kelajakka qadam” va “Dolzarb 90 kun” doirasidagi “Talaba Expo – 2025”ning 2-kun tadbirlari davomida SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sherzod Urakov filialning o‘tgan yillardagi faoliyati, erishgan yutuqlari, yirik loyihalar va xalqaro aloqalar, shuningdek, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining kelajakdagi maqsadli rejalari haqida taqdimot qildi.
Respublika tadbirida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialini muvaffaqiyatli bitirayotgan bir guruh bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.