Kattaqo‘rg‘on DPI va Turkiya Selçuk universiteti hamkorligi kengaymoqda!
Joriy o‘quv yili davomida institutimizning 3 nafar professor-o‘qituvchisi Turkiyaning Selçuk universitetida malaka oshirib qaytdi.
Xalqaro stajirovka doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.
Shu asosda Selçuk universitetidan 30 nafar delegatsiya a’zosi Kattaqo‘rg‘on DPIga tashrif buyurdi. Bu tashrif ilmiy va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.