insurez
20-09-2025 16:38

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi


Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuvda institut profilaktika inspektori X.Haydarov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida jinoyatchilikka olib keluvchi omillar, yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarning ahamiyati, internet xavfsizligi, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning salbiy oqibatlari xususida so‘z yuritildi.

Mazkur davra suhbati talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, huquqiy bilim va ongi yuksak, ma’suliyatli fuqarolarni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Teglar
- -