insurez
03-09-2025 14:46

KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA O‘QISH BOSHLANDI


Bugun yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari boshlandi. Shu munosabat bilan bugun erta tongdan Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika instituti ham talabalar bilan gavjum bo‘ldi. 

Tadbirni institut rektori Sherzod Urakov ochib berdi va talabalik sharafiga musharraf bo‘lgan yoshlarni muborakbod etdi. Ularni kelgusida yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib yetishishini tiladi.

Shuningdek, talabalar hamda ularning ota-onalari ham so‘zga chiqdilar. Bugungi kun oliygohning talabasi bo‘lgan yoshlar uchun ayniqsa, hayajonli bo‘ldi. Mana shunday baxtga erishgan yoshlar kelgusida yuksak ilm soxiblari bo‘lib Yangi O‘zbekistonning nufuzini yana-da oshirishga o‘z hissalarini qo‘shishlarini taʼkidladilar.

Yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan yoshlarga institut rektori tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.  
Tadbir ajoyib kuy va qo‘shiqlar bilan davom etdi.

 

Teglar
- -