Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida davra suhbati bo‘lib o‘tdi 2
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov ishtirokida "Daxldorlik – vatan va jamiyat taqdiriga bevosita mas’uliyat" mavzusida talabalarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida professor Muhammadjon Quronov yoshlar ongida vatanparvarlik, fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash borasida dolzarb fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. U fidoyilik, daxldorlik va faollik jamiyat taraqqiyotining muhim omillari ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirda taniqli shoir Qudrat Odinayev ishtirok etib, o‘zining dilga yaqin she’rlarini talabalarga namoyish etdi. Tadbir so‘ngida shoir o‘z ijodiga mansub she’riy to‘plamni institut talabalari uchun tuhfa sifatida taqdim qildi.
Mazkur davra suhbati talabalarda katta taassurot qoldirib, ularni jamiyat hayotida faol bo‘lishga undadi.