Kattaqo’rg’on-chempionlar shahri
Joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahrida 13-14 yosh toifasidagi qiz bolalar o’rtasida sportning “Boks” turi bo’yicha “O’zbekiston chempionati” bo’lib o’tdi. Ushbu chempionatda shahrimiz va viloyatimiz sha’nini himoya qilgan Shakarova Parvina chempionlikni qo’lga kiritdi.
Bugun Kattaqo’rg’on shahar hokimi o’rinbosari J.G’aniyev va shahar Yoshlar ishlari bo’limi jamoasi Parvina Shakarova xonadonida bo’lib, sportchimizning ota-onasiga shahar hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg’larini topshirdi