"KASBIY VATANPARVARLIK"
SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida haftaning har juma kuni "Siyosiy-ma'rifat soati" o‘tkazilishi belgilandi. Bugun, 6-sentabr kuni o‘tkazilgan xuddi shunday tadbir "Kasbiy vatanparvarlik" mavzusiga bag‘ishlandi.
Unda filial direktori Sh.Urakov, direktorning birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev, direktor o‘rinbosari F.Sirojiddinov so‘zga chiqib, mamlakatimizda ro‘y berayotgan eng so‘nggi ijtimoiy-siyosiy yangiliklar, islohotlar haqida ma'lumot berdi.
Shuningdek, talabalar orasidagi turli noxush holatlar, loqaydlik va befarqlikni oldini olish, ularni ona Vatanga muhabbat, qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalashda ustozlardan yuqori mas'uliyat talab etilayotgani ta'kidlandi.
Professor-o‘qituvchilar doimiy o‘z ustida ishlab, pedagogik-psixologik malaka va tajribasini muntazam oshirib borishi lozimligi qayd etildi.