Kasb-hunarli yoshlar – mamlakat tayanchi
Kattaqo‘rg‘on shahar kasb-hunar maktabi asosan avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo'yicha o'qitishga ixtisoslashgan bo‘lib, hozirda 4 yo‘nalishda 1071 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.
Ushbu yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarini rag‘batlantirishda Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilshod Muhammadiev tomonidan muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
D.Muhammadiev tashabbusi bilan o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida ham doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy, profilaktik tadbirlar o'tkaziladi. Bundan tashqari o‘quvchilar uchun 30 ga yaqin fan va kasb to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu ta’lim dargohini 2023-2024 o‘quv yilida tugallagan 328 nafar bitiruvchilardan 48 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan bo‘lsa, 280 nafari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bandligi ta’minlanib, ishga joylashtirilgan.