insurez
24-02-2025 11:52

KASB-HUNAR SINFLARI UCHUN JIHOZLAR BERILDI


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi  tomonidan tasdiqlangan jadval asosida  shahrimizdagi 6 ta yaʼni,  2-, 5-, 9-, 11-, 12-, 15-umumtaʼlim maktablarida ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarga oʻrgatish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2025-yilda ushbu maktablarni jihozlash va xom-ashyo bilan taʼminlash maqsadida mahalliy byudjet hisobidan jami 221 365 000 soʻm ajratilishi rejalashtirilgan edi.

Shu maqsadda, ushbu maktablarga xom-ashyo uchun 50 000 000 soʻm hamda jihozlash uchun 171 365 000 soʻm ajratildi. Maktablarni jihozlash uchun jami 12 dona tikuv mashinasi, 4 dona bichuv stoli, 1 dona kir yuvish mashinasi, 4 dona kompyuter jamlanmasi va 1 dona rangli printer olib berildi.
Ushbu jihozlar shahar hokimi oʻrinbosari J.Gʻaniyev ishtirokida masʼullarga topshirildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. 

Teglar
- -