KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH USTUVOR VAZIFA
Prezidentimiz raisligida 19 noyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida joylardagi mutasaddilarga bir qator muhim vazifalar belgilandi.
Bugun shahar hokimligida shaharda kambag‘allik darajasini qisqartirish hamda aholini bandligini ta’minlash yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi. Unda mas’ul tashkilotlarning rahbarlari va mahalla beshligi ishtirok etdi. Dastlab, mas’ul rahbarlarning bu boradagi belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan axborotlari eshitildi.
Amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirishda mas’ullarning hamkorlikdagi ishlari yuzasidan zaruriy topshiriqlar berildi.




