insurez
11-08-2025 09:06

KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI


Aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida  “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bеlgilangan ishlar daromad manbaiga ega bo'lmagan oilalar, fuqarolar uchun katta imkoniyat bo'lmoqda.
Ushbu dastur doirasida Kattaqo'rg'on shahrida ham 240 ta oilalar 48 ta tashkilot rahbarlariga biriktirib bеrilgan.

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda biriktirilgan tashkilotlar tomonidan  amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
O'rganishlar davomida ayrim tashkilotlar tomonidan biriktirilgan oilalarni sharoitlarni o'rganish va ularni doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlarini ta'minlashdagi ishlarda sustkashlikka yo'l qo'yilganligi aniqlandi.

Yig'ilishda tashkilotlar rahbarlariga ushbu masalaga mas'uliyat bilan yondashgan holda biriktirilgan oilalarni kambag'allikdan chiqarish va yashash sharoitini yaxshilanishida amaliy ishlarni olib borishlari yuzasidan qat'iy topshiriqlar bеrildi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -