insurez
12-02-2025 11:29

Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan ayrim oilalarga subsidiya ajratiladi


🔰 Farmonga (https://t.me/huquqiyaxborot/17432) ko'ra, 2025-yil 1-apreldan “Yoshlar daftari” jamg'armalari orqali, 2025 yil 1 sentabrdan esa “Ayollar daftari” jamg'armalari orqali to'lanadigan bir martalik moddiy yordamlar o'rniga kam ta'minlangan oilalar uchun nazarda tutilgan nafaqalar to'lanadi. 

🗓 2025-yil 1-maydan “Ijtimoiy daftarlar” jamg'armalari hisobidan davolash va jarrohlik amaliyotini o'tkazish xarajatlari Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi orqali moliyalashtiriladi.

📌 2025-yil 1-apreldan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam o'rniga ushbu hududlarda yashovchi Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga uy-joyida artezian quduq qazish, suv nasoslarini o'rnatish hamda ichimlik suv filtrlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi joriy etiladi.

❕Bunda subsidiya xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda ajratiladi.

📕 2025-yil 1-maydan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga BHMning 6 baravari miqdoridagi bir martalik nafaqa puli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali to'lanadi.

📁 Tuman (shahar) hokimliklari huzurida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg'armalari tashkil etiladi.
 

Teglar
- -