insurez
20-05-2024 14:08

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish


Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarining ahamiyati katta. Bunda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki, mahalla, jamoatchilik vakillari barcha birdek mas’ul bo‘lishi lozim,- dedi shahar hokimi Gavhar Alimova bugun “Chinobod” mahallasida o‘tkazilgan yig‘ilishda.

Hududlarda jinoyatlarning oldini olishda avallo ularning sabablarini o‘rganish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rish lozim. Mahalla yettiligi oilalar a’zolari bilan ishlashi, ularning bandligini ta’minlashi, xotin-qizlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishlari orqali mahallalalarni jinoyatdan holi hududga aylantirishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Teglar
- -