insurez
03-12-2025 15:13

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi tomonidan jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanganidan keyin chiqarilgan xususiy ajrimlar


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 138-moddasida, Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiyligi, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 298-moddasida, jinoyat ishini ko‘rish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanganidan keyin sud xususiy ajrim chiqarib, unda tegishli davlat organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, jamoat birlashmalaridan, jamoalardan yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishni talab qilishi belgilangan.

Joriy yilning 11 oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi tomonidan jami 373 nafar shaxsga nisbatan 303 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan. Shundan sud jinoyat ishlarini yuritishda o‘ziga berilgan qonuniy vakolatlar asosida shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash hamda surishtiruv va dastlabki tergov organida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf maqsadida 228 ta yoki 75,25 foiz ish bo‘yicha xususiy ajrim chiqargan.

O‘zbekiston Respublikasi JPKning 299-moddasi 2-qismida, Xususiy ajrim bajarilmagan yoki vijdonan bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi belgilangan.

Sudning xususiy ajrimi o‘z vaqtida va to‘laqonli ijro etilishi jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashga, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Oltiboyev Abdixakim Mannonovich,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on

shahar sudining raisi

 

Teglar
- -