“Jaholatga qarshi ma’rifat”
Bugun, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 7- sonli tergov xibsxonasining xodimlari ishtirokida radikal g‘oyalar ta’siridan saqlash bo‘yicha "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov ishtirok etdi.
O‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar e’tiboriga shukuronalik, fuqarolarimizning yurtga sadoqati va vatanparligini oshirish, yoshlarimizni ilm-ma’rifatga va kasb-hunarga o‘rgatish, ilm va ma’rifat bilan dunyoga yuz tutishlari mumkinligi, dunyoda ilmdan o‘zga najot yo‘qligi, globallashuv davrida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, dunyoviy davlatning diniy soxadagi prinsiplari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir jonli muloqot va savol-javoblar tarzida o‘tdi, xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, diniy bag‘rikenglik, totuvlik va ezgulik g‘oyalari haqida yanada chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldilar.




