"Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalarning diniy-ma’rifiy savodxonligini oshirish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash maqsadida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Boymurodov ishtirok etib, ma’ruza qildilar.
O‘z chiqishlarida bugungi kunda din niqobi ostida fuqarolar, xususan, yoshlar ongini egallash, ularni yot mazhablar va ekstremistik g‘oyalarga chorlash harakatlari asosan internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.
S.Boymurodov diniy bilimlarni faqat rasmiy manbalar, mutaxassislar va tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida o‘rganish muhimligini ta’kidlab, internetda noma’lum manbalar orqali tarqatilayotgan noto‘g‘ri va buzg‘unchi ma’lumotlardan ogoh bo‘lish lozimligini tushuntirildi.