Jaholatga qarshi ma’rifat
Kattaqo‘rg‘on shahar Abdulla Qahhor mahallasi hududida joylashgan "SAMKAT MEGA STAR INVEST" MChJning ishchi xizmatchilari ishtirokida. "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda DIBQ Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov, Kattaqo‘rg‘on shahar Mashrab jome’ masjid imom xatibi A.Norbekov va shahar ma’naviyat bo‘limining bosh mutaxassisi Sh.Mardievlar ishtirok etdi.
Tadbirda islom dinining asl mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan diniy mazmundagi saytlardan foydalanishda faqat rasmiy saytlardan foydalanish to‘g‘risida, yoshlarni turli yod g‘oyalarga kirib qolishni oldini olish, noqonuniy diniy ta’lim olish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.