insurez
12-11-2025 10:12

JAHOLATGA QARShI MA’RIFAT


Bugun, Kattaqo‘rg‘on shahar Politexnikumi talabalari va pedagog xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov ishtirok etdi.  

Tadbir davomida ishtirokchilar e’tiboriga shukronalik, fuqarolarimizning yurtga sadoqati va vatanparvarligini oshirish, yoshlarimizni ilm-ma’rifatga va kasb-hunarga o‘rgatish, dunyoda ilmdan o‘zga najot yo‘qligi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish haqida so‘z yuritildi.

Jonli muloqot va savol-javoblar tarzida o‘tkazilgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. 

Teglar
- -