insurez
11-09-2025 16:49

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT


Shahrimizdagi 1 umumta’lim maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash maqsadida davra suhbati tashkil etildi. 

Unda DIBQ Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov, shahar Ma’naviyat bo‘limi rahbari Q.Boykolonov, shahar Axborot kutubxona markazi direktori U.Negmatovlar ishtirok etdi. 

Davra suhbati davomida Diniy sohaga oid qabul qilingan konsepsiyaning mazmun mohiyati, dunyoviy davlat tushunchasi, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, milliy qadriyatlarimizni asrash borasida tushunchalar va fikr-mulohazalar bildirildi.

Teglar
- -