JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT
Kattaqo‘rg‘on shahar Noqis mahallasida fuqarolar bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Kattaqoʻrgʻon shahar xodimi B.Qodirov, Kattaqo‘rg‘on shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi G.Yusupovalar ishtirok etib, bugungi globallashib borayotgan zamonga axborot xurujlari va uning oqibatlari, yoshlarda immunitet hosil qilish imkoniyatlari haqida to'xtalishdi.
Tadbirda islom dinining asl mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan diniy mazmundagi saytlardan foydalanishda faqat rasmiy saytlardan foydalanish to‘g‘risida, yoshlarni turli yod g‘oyalarga kirib qolishni oldini olish, noqonuniy diniy ta’lim olish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.