JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Kattaqo‘rg‘on jamoat salomatlik texnikumining pedagog o‘qituvchilari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniyev, DIBQ Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov, jamoat salomatlik texnikumining direktori X.Shukurovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi" ning mazmun-mohiyati, tushuntirildi. Islom dinining asl mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan diniy mazmunda foydalanishda faqat rasmiy saytlardan foydalanish to‘g‘risida, yoshlarni turli yod g‘oyalarga kirib qolishni oldini olish, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.