insurez
05-09-2025 14:11

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT


Kattaqo‘rg‘on shahar "Yermachit" va "Yakkabog'" mahallalarida 17-30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. 

Unda Diniy ishlar bo'yicha qo'mitaning shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov, shahar Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i B.Kuziyev va yoshlar ishtirok etdi. 

Davra suhbat davomida islom dinining asl mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan diniy mazmundagi saytlardan foydalanishda faqat rasmiy saytlardan foydalanish to‘g‘risida, yoshlarni turli yot g‘oyalarga kirib qolishni oldini olish, noqonuniy diniy ta’lim olish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.

Teglar
- -