“Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi
Kattaqo‘rg‘on Davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Maktabgacha ta’lim” hamda “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovning asosiy maqsadi – talabalarni jadidchilik harakati tarixi, ularning milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik va istiqlol yo‘lidagi xizmatlari bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar jadidlar merosini zamonaviy nigoh bilan tahlil etgan, yurt taraqqiyoti yo‘lidagi sa’y-harakatlarini chuqur anglashga intilgan hamda o‘z fikrlarini yuksak saviyada ifoda etishga harakat qilganlari bilan e’tiborga loyiq bo‘ldilar.




