JABRLANGANLARNI QABUL QILISH ISHLARI KUZATILDI
Navbatdagi o‘quv mashqida viloyat kuzatuv guruhi a’zolari Kattaqo‘rg‘on shahridagi Jamoat salomatlik texnikumi binosida tashkil etilgan shaharTtibbiyot birlashmasi qoshidagi birinchi tibbiy yordam otryadini yoyish va koʻp sonli jabrlanganlarni qabul qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich amaliy harakatlarini kuzatishdi.
O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ko‘p sonli shikastlangan va jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, turli yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish va davolash amaliyotlarini amaliy tarzda bajarishdi.