ISTIROHAT BOG‘IDA BAYRAM TADBIRI
Shahar istirohat bog‘ida davlat xususiy-sheriklik asosida tadbirkor tomonidan katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy ko‘rinishda barpo etilayotgan mazkur bog‘da aholining madaniy hordiq olishi bilan birga ko‘plab bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, kuni kecha bog‘da mustaqillik bayrami arafasida aholi uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yosh, iste’dodli xonandalar Muhammadziyo Anvarov hamda Naimjon Obloqulovlar tadbir ishtirokchilarini bayram bilan muborakbod etdilar. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan Vatanni tarannum etuvchi hamda sho‘x taronalar barchani raqsga chorladi.
Albatta, tadbir ishtirokchilari bu kabi bayramlar, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik uchun, berilayotgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdilar.