Iste’dodli yoshlarimiz “World Talents” xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli qatnashishdi
Joriy yilning 6-8 noyabr kunlari Toshkent shahrida Madaniyat vazirligi tomonidan o'tkazilgan tanlovda musiqa va san’atning 16 ta yo’nalishi bo’yicha 5 yoshdan 7 yoshgacha bolalar ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, mazkur xalqaro tanlovda ishtirok etgan Kattaqo‘rg‘on shahar 2-son bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilari o'z istedodlarini namoish etib, maktabning xoreografiya sinfi o'quvchilari 1-o‘rinni qo'lga kiritdilar.




