insurez
05-02-2025 16:37

Iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi


Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahar iqtisodiy blok rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shahar Soliq inspeksiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tijorat banklari, Kadastrlar palatasi shahar bo‘limi boshliqlari hamda tegishli korxona- tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilishda 2024 yil yakuni bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Shuningdek, soxa mutasaddilariga shaharni iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -