INVESTITSIYA LOYIHASI AMALDA
Ingichka qo‘rg‘onida Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda volfram ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. "Red Persimmon" MChJ xorijiy korxonasining ushbu loyihasi doirasida 100 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Bugun shahar hokimligida "Red Persimmon" MCHJ ning ta’sischilari bilan shahar hokimi Gavhar Alimovaning uchrashuvi bo’lib o’tda. Uchrashuv davomida xitoylik investorlar tomonidan “Volfram ishlab chiqarish” bo’yicha Ingichka konida tashkil etilgan ushbu korxonani joriy yilning birinchi yarmi yakuni bilan ishga tushurilishi hamda yangi qo’shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatini boshlash borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.